Amorim: "Ugarte to‘p bilan muomala qilishni yaxshiladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Manuel Ugarte erishgan yutuqlar haqida gapirdi.
Urugvaylik futbolchi Lissabonning “Sporting” klubida portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida tanilgan edi, shundan so‘ng u “PSJ”ga o‘tgan.
O‘tgan yilning oxirida futbolchi va murabbiy “Manchester Yunayted”da birlashishdi.
"Menimcha, Manuel to‘p bilan muomala qilishni yaxshiladi, chiziqlar orasida o‘ynadi. U to‘psiz hamon tajovuzkor, ammo "PSJ"dagi faoliyati davomida o‘z mahoratini oshirdi", - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi United Zone.