Luis Enrike: "Yil boshida sovrin yutish muhim"
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike 2024 yilgi Fransiya Superkubogi uchun o‘yinda parijliklarning g‘alabasi haqida gapirdi.
Jamoa yaxshi futbol namoyish etdi. Yil boshida sovrin yutish muhim.
"Biz ikki ajoyib jamoa o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rdik. O‘ylaymanki, o‘yin hammaga yoqdi.
Fransiyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz odatdagidan ko‘proq hujumkor o‘yinchilarni ko‘rdik.
"Monako"ga qarshi o‘ynash har doim qiyin, lekin bugun, ayniqsa, biz yaxshi o‘ynadik deb o‘ylayman. Kuboklar, ayniqsa yil boshida muhim ahamiyatga ega. Bizda qiyin taqvim bor", dedi Enrike.