Luis Enrike: "Monako" "PSJ" uchun eng qiyin raqiblardan biri"
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 16-turida "Monako"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
Liga 1ning 15-turidan keyin “PSJ” “Monako” va “Marsel”ni 7 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Monako" bu yil hujumda va himoyada kuchliroq bo‘ldi. Hozir ularga gol urish qiyinroq. Shubhasiz, “Monako” xuddi o‘tgan yilgi kabi bu mavsumda ham eng qiyin raqiblardan biri. Ularning tarkibida individual kuchli futbolchilar bor. Boshqa narsalar qatori himoyada yaxshilangan bunday raqiblarga qarshi o‘ynash oson emas", - deya Enrike so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 18 dekabr kuni "Monako"da bo‘lib o‘tadi.