"Sporting" forvardi kelajakda Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birida o‘ynashni istamoqda
Kecha Viktor Dyokeresh Shvesiyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. Futbolchi o‘zining Portugaliyadan tashqaridagi kelajagini inkor etmaydi.
"Men boshqalarga o‘xshab Premyer-ligada o‘ynamayman, lekin o‘zim turgan joyda qo‘limdan kelganini qildim. Men buni Yevropada, Chempionlar ligasida va milliy terma jamoada ham isbotladim. Demak, gap faqat Portugaliya haqida emas. Men eng yaxshi jamoalardan birida o‘ynashni xohlayman", - deydi hujumchi.
Shved joriy mavsumda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.