"Benfika" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi
Kecha, 16 dekabr kuni "Benfika" o‘zining rasmiy saytida Tomash Arauxo klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirganini e’lon qildi. Yangi shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Insayder Fabrisio Romano ta’kidlaganidek, 22 yoshli portugaliyalik markaziy himoyachining shartnomasida xorij klublari uchun tovon puli 80 million yevro qilib belgilangan.
Joriy mavsumda Tomash Arauxo klub miqyosida 17 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.