Reshford tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin
Mish-mishlarga ko‘ra, hujumchi Markus Reshford tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.
Reshford so‘nggi uchta o‘yinda "Manchester Yunayted" tarkibiga kiritilmagan va uning sog‘ligida hech qanday muammo yo‘q.
Amorim Reshfordni hatto o‘rinbosar sifatida ham zaxiraga kiritmoqchi emas. Reshford yaqinda yaqin kelajakda o‘z karyerasida yangi sinovga tayyorligini bildirdi.