Mauntning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt yangi jarohati sabab keyingi 10 haftani o‘tkazib yuboradi. Qayd etilishicha, angliyalikning son suyagidan jarohat olgani aniqlangan.
Maunt bir haftadan ko‘proq vaqt oldin “Manchester Siti”ga qarshi derbida jarohat olgan edi. Ruben Amorim o‘yinning 15-daqiqasidayoq futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi.
Joriy mavsumda Maunt "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va bu o‘yinlarda birorta ham gol urmadi.