"Manchester Siti" futbolchilari endi bayram kunlari ham mashg‘ulot o‘tkazadi
"Manchester Siti" inqirozni boshidan kechirmoqda - dam olish kunlari Pep Gvardiola jamoasi APL turnir jadvalida yettinchi o‘ringa tushib ketdi.
Shu fonda “shaharliklar” ustozi britaniyaliklar 25 dekabr kuni nishonlaydigan Rojdestvo bayrami uchun mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirgandi.
"So‘nggi bir necha mavsumda biz Rojdestvoda mashq qilishimiz shart emas edi. Bu mavsumda biz mashg‘ulot o‘tkazamiz, chunki Boxing Day kuni soat 12:30da o‘yinimiz bor.
Ammo avvalgi mavsumlarda biz Rojdestvo bayramini o‘tkazardik, bu juda yoqimli edi", - dedi Pep.