APLda jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyati baholandi
Opta Sports statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi Premyer-liga chempionligi uchun ikkinchi eng yaxshi nomzod deb hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "kanonirlar"ning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati deyarli 13 foizga baholanmoqda.
Chempionlik poygasining favoritlari, albatta, "Liverpul". Mersisaydliklarning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati 80 foizdan sal ko‘proq deb baholanmoqda. Ayni damda oltin medallar uchun uchinchi da’vogar "Chelsi" bo‘lib turibdi, atigi 6%.
"Manchester Siti" va "Aston Villa"ning imkoniyatlari juda kichik (bir foizdan kam), "Nottingem Forest"ning imkoniyati esa nolga teng.