"Everton" futbolchisi ketishi mumkin
"Everton"ning so‘nggi mavsumlardagi qiyinchiliklariga qaramay, Kalvert-Lyuin o‘zining gol urish qobiliyati va maydonda mavjudligi bilan ajralib turishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchining shartnomasi 2025 yilda tugaydi.
Fichajes xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga "Fiorentina" va "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. "Binafsharanglilar" hujumchini katta xarajat qilmasdan hujumni kuchaytirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Boshqa tomondan, "Sevilya" o‘z hujumini kuchaytirishga intilmoqda.
Joriy mavsum Dominik Kalvert-Lyuin 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.