"Chelsi"ning sobiq futbolchisi vataniga qaytmoqchi
Oskar yetti yilini o‘tkazgan Xitoy ligasida haqiqiy tirik afsonaga aylandi. Dekabr oyi boshida sobiq "Chelsi" o‘yinchisi yangi klubini kutar ekan, muxlislari bilan ko‘z yoshlari bilan xayrlashdi.
Globo Esporte xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining kelajagi endi vatani Braziliya bilan bog‘liq. Yarim himoyachi katta ehtimol bilan "San-Paulu"ga o‘tadi.
Bu yil Oskar “Shanxay Port” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Qizil burgutlar” tarkibida braziliyalik uch marta chempionlikni, bir martadan Xitoy kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.