Laporta: "Nike bilan yangi kelishuv klubning iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi"
Joan Laporta "Barselona"ning Nike bilan shartnomasi haqida gapirdi.
“Bizning Nike bilan shartnomamiz futbol tarixidagi sport kiyimlarini yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi shartnoma hisoblanadi.
Biz o‘zaro ishonchni yo‘qotdik va Nike kompaniyasini sudga berishga majbur bo‘ldik. Ammo kompaniya bizni tingladi va biz uzoq davom etgan jarayondan so‘ng bir to‘xtamga keldik, bu jarayonda ko‘plab nizolar bo‘ldi.
Yangi kelishuv klubning iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi. Shartnoma tufayli "Barsa" a’zolari cho‘ntaklarini kovlashlari shart emas.
Biz kuchlimiz va klubni har tomonlama qayta qurishni yakunlashga qaror qildik. Ushbu shartnoma moliyaviy tiklanishimizga yordam beradi. Shartnoma tufayli "Barsa" dunyoning oldingi safiga qaytdi.
Maqsadlarga erishish uchun belgilangan to‘lovlar va bonuslar mavjud, endi jarimalar yo‘q", - dedi Laporta.