«Atalanta» A Seriyada ketma-ket 10 ta g‘alabaga erishib, peshqadamlikni qo‘lga olgan
«Atalanta» 16-turda «Kalyari»ni mehmonda mag‘lub etdi (1:0) va A Seriyada peshqadamlik qilmoqda.
66-daqiqada mehmonlarning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo hisobni ochdi. Bu gol yagonaligicha qoldi.
Jan-Pyero Gasperini qo‘l ostidagi «Atalanta» A Seriyada qatorasiga 10-bor g‘alaba qozondi va 37 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Napoli» hisobida 32 ochko. Ular hozirda «Udineze» bilan durang o‘ynamoqda - 1:1 (ikkinchi bo‘lim).