"Atalanta" rekord g‘alabali seriyasini takrorladi
A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Atalanta" "Milan" ustidan g‘alaba qozondi (2:1).
Jamoalar birinchi bo‘limda gol almashishdi – 12 va 22-daqiqalarda Sharl de Ketelare va Alvaro Moratalar gol urishdi. 87-daqiqada Ademola Lukmanning aniq zarbasi mezbonlarga 3 ochko keltirdi. "Atalanta" uchun bu g‘alaba barcha turnirlardagi qatorasiga to‘qqizinchi g‘alaba bo‘ldi - 2020 yilda o‘rnatilgan klub rekordini takrorladi.
Bergamo jamoasi 34 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, biroq turnir jadvalida 32 ochko to‘plagan "Napoli" bir o‘yin kam o‘tkazdi.
Mutlaq rekord o‘rnatish uchun "Atalanta" Chempionlar ligasida o‘z uyida "Real"ni mag‘lub etishi kerak. Uchrashuv 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.