Mojaroli vaziyatga tushib qolgan Reshfordga Madrid klubi qiziqib qoldi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkin.
«TBR Football» xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisining xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi qiziqmoqda. Qayd etilishicha, ispan klubi Reshfordni ijaraga olmoqchi, biroq «matraschilar» hujumchining «Manchester Yunayted»da oladigan maoshini to‘liq qoplay olmasligi tufayli vaziyat murakkablashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar yaqin kelajakda Markus bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, u klubning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kiritilmagan.