Deku: "Barselona" muhim o‘yinchilarini qo‘yib yubormoqchi emas"
«Barselona» sport direktori Deku (Anderson Luis de Souza) La Liga doirasida «Real Sosyedad»ga uchralgan mag‘lubiyatdan bir kun o‘tib, Mundo Deportivo nashriga intervyu berdi.
Suhbat chog‘ida o‘yindan tashqari holat tufayli Levandovskining goli inobatga olinmagani, VAR texnologiyasi va boshqa mavzularda so‘z bordi.
- «Barselona»ning La Ligadagi ikkinchi mag‘lubiyatini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?
- Shu kuni hamma narsa «Barselona»ga qarshi kurashganday tuyuldi. Biz yaxshi o‘ynay olmadik. Bu mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatimiz edi va ikkalasi ham og‘ir stadionlarda sodir bo‘ldi. Nima ham derdik, ishlashda davom etish kerak, boshqa yo‘l yo‘q. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozona olmaymiz. Mavsum uzoq davom etadi, xatolardan kerakli xulosa chiqaramiz. Ishonchim komilki, murabbiylar shtabi hammasini tahlil qiladi.
- Mag‘lubiyatga qaramay, «Barselona» o‘sishda davom etmoqda. Mavsum avvalidagi kutilmalaringiz o‘zini oqlayaptimi?
- «Barselona»dek klubda umidlar doimo yuqori bo‘ladi. Mavsum oldidan nima qilishni istayotganimizni, murabbiy futbolchilardan nimani xohlayotgani, qanday maqsadlar ustida ishlayotganimizni bilardik. Jamoa juda muhim o‘yinlarni o‘tkazdi va ularda uch, to‘rt hattoki, beshta gol urgan paytlarimiz bo‘ldi. Lekin, barchamiz juda kamtar bo‘lishimiz va ishlashimiz kerak. Chunki, klub oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishgunimizcha hali uzoq yo‘l bor. Ha, hozir xursandmiz lekin shuni yodda tutish kerakki, hali hech narsaga erishganimiz yo‘q.
- «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yindagi bahsli epizodni qanday baholaysiz? Aftidan, Levandovskining butsasi aslidan ko‘ra uzunroq qilib ko‘rsatilgan...
- O‘ylaymanki, futbolga VAR tizimi kirib kelgani bilan hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar to‘la-to‘kis bartaraf etgani yo‘q. Ba’zi ko‘rsatgichlar yaxshilandi, lekin boshqalarida baribir hal qiluvchi qaror ma’lum bir shaxsning xulosasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Natijada, hali ham bahsli qarorlar soni kamayayotgani yo‘q. Masalan, Anoetadagi o‘yindagi qaror ham noto‘g‘ri edi. Men tushunmayapman: agar bu yarim avtomatik tizim bo‘lsa va to‘liq avtomatik bo‘lmasa, unda kimdir vaziyatga o‘z xulosasidan kelib chiqib baho berishiga to‘g‘ri keladiku. Ochig‘i, bu mavzuni aylantirib, «Sosyedad»dan uchralgan mag‘lubiyat uchun bahona sifatida foydalanmoqchi emasmiz. Lekin bizda aniq savol bor. VAR hakamlari bu tizimga qanday ta’sir ko‘rsatishini biroz tushunmayapmiz. Bizga shuni tushuntirib berishsa yaxshi bo‘lardi.
- «Barselona» bu masalada tushuntirish talab qiladimi?
- Bu o‘yinda sodir bo‘lgan voqealarni to‘g‘irlamaydi baribir. Agar Levandovskining goli inobatga olinganida nima bo‘lardi, bilmaymiz. Balki biz 0:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lardik yoki «Sosyedad» 2:1 hisobida muvafaqqiyatga erishgan bo‘lardi yoki durang bo‘lishi mumkin edi. Biz bu mavzuga chuqur to‘xtalmoqchi emasmiz. Men «Barselona»ning sport direktori sifatida emas, balki muxlis sifatida gapiryapman nima uchun bunday qarorlar qabul qilinganini, agar bu yarim avtomatik tizim bo‘lsa, o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yish xavfi borligini yaxshiroq tushunmoqchiman.
- Levandovski jarohati sabab terma jamoaga chaqirilmadi. Xavotirlanadigan hech narsa yo‘qmi?
- Yo‘q, hech narsa. Men uchun futbolda terma jamoalar muammo emas - muammo taqvimda va bu nafaqat bizni, balki boshqa jamoalarni ham tashvishga soladigan murakkab holat. Robertning ahvoli yaxshi, u o‘z terma jamoasida ham, «Barselona»da ham yuz foiz kuch bilan mehnat qilishga tayyor bo‘lishi muhim.
- Arauxo ham shartnomani uzaytirmoqchimi? Axir unga «Bavariya»dan taklif bo‘layotgandiku?
- Albatta. Men har doim aytaman, futbolchilar «Barsa»da bo‘lishni xohlashadi. Yevropada hamma hurmat qiladigan «Barselona» qaytib kelmoqda. Ronald kelgusi bir necha yil «Barselona» erishadigan yutuqlarning bir qismi bo‘lishni xohlaydi. Agar o‘zim ham o‘yinchilarning o‘rnida bo‘lganimda, xuddi shu yo‘lni tanlagan bo‘lardim. Menimcha, Ronald jamoada qolishni xohlaydi. Biz bu borada ishlayapmiz va barchasi oydinlashgach, tafsilotlarni e’lon qilamiz.
- Frenki de Yongning shartnomasi ham 2026 yilda tugaydi...
- O‘ylaymanki, qilinishi kerak bo‘lgan hamma narsa o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Futbolchilarning qolish istagidan tashqari, qarorlarni klubning o‘zi qabul qiladi. Ammo, hozir ikki yil qolgan shartnomani yangilash haqida qayg‘uradigan vaqt emas, biz birinchi navbatda hozir nimalar qilishimiz kerakligiga e’tibor qaratishimiz kerak.
- Yamalning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot bera olasizmi? Uning amaldagi shartnomasida tovon puli bir milliard yevroni tashkil etadi, ammo «PSJ» baribir uni sotib olmoqchi.
- Lamin kabi o‘yinchilar boshqa klublarni qiziqtirishi normal holat. Biz bozor nima ekanligini va unda klublar o‘zini qanday tutishini bilamiz. Lamin yoshiga nisbatan yetuk futbolchi. Uning bu yerda ekanligidan xursandligini nafaqat tasavvur qila olaman, balki ko‘raman ham. Yamal «Barselona»da ajoyib karyerasini qurmoqda. Uni boshqa jamoaga o‘tib ketadi deb o‘ylamayman, lekin bu bizga bog‘liq.
- Laminni Messi bilan solishtirish, sizningcha, yaxshimi yoki yomon?
Har kimning o‘z hikoyasi bor. Buni taqqoslab bo‘lmaydi. Odamlar kimnidir gapirishlari, taqqoslashlari, eslashlari odatiy holdir. Har doim shunday bo‘lgan va o‘zgarmaydi. Lekin Lamin o‘ziga xos futbolchi, bu uning hayoti, uning o‘z hikoyasi bor va Messi bilan yagona o‘xshash jihati har xil yillarda bo‘lsada bitta klubda o‘ynagani hamda, ikkalasi ham asosiy tarkibga juda erta tushishganidir. Menimcha, Leo bilan solishtirishlari Yamal uchun muammo emas, balki g‘urur manbai. Bu yaxshi yoki yomonligini bilmayman, bu Laminga bog‘liq. U o‘sib bormoqda va bu borada muammo ko‘rmayapman.
- Tafsilotlarga to‘xtalmasdan ayta olasizmi, «Barselona»ning istiqbolli futbolchilari uchun qanchalik ko‘p takliflar olgansiz?
- Men har doim jamoani qayta qurish bosqichida ekanligini aytib kelganman. Yangi transferlardan tashqari bu yerda bir necha yillardan buyon o‘ynab kelayotgan, Gavi, Pedri va Arauxo kabi hali yosh, lekin o‘zini jamoaning asosiy o‘yinchisi sifatida ko‘rsatib ulgurganlar bor. Kunde, Rafinya, Ferran, Levandovski singari tajribali futbolchilar bilan esa jamoani qayta qurish maqsadida shartnoma imzolangan. «Barselona» yetuk jamoa bo‘lishi kerak. Agarda jamoa yangi o‘yinchilarni olib kelishi kerak bo‘lsa, ular o‘z darajasini oshira oladiganlar bo‘lishi shart. Biz bu yil yozda Dani Olmo va Pau Viktor transferida aynan shu yondashuvni qo‘llashga harakat qildik. Bundan buyon kuchsizlanishni emas, yaxshilanishni xohlaymiz. Shuning uchun o‘zimiz uchun kerakli futbolchilarni qo‘ldan chiqara olmaymiz. «Barselona» o‘yinchilar uchun bo‘ladigan qiziqishlarni eshitishni istamagani uchun emas, balki ularni sotishdan manfaatdor emasligi uchun tinglamaydi. Shu bois biz hech qachon muhim o‘yinchilarni sotishni o‘ylamaganmiz. Biz jamoani qayta qurayotganimizni, uni g‘alabali yo‘llarga qaytarayotganimizni hisobga olsak, muhim o‘yinchilarni yo‘qotmoqchi emasmiz. - «Barselona»ning La Ligadagi ikkinchi mag‘lubiyatini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?
- Shu kuni hamma narsa «Barselona»ga qarshi kurashganday tuyuldi. Biz yaxshi o‘ynay olmadik. Bu mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatimiz edi va ikkalasi ham og‘ir stadionlarda sodir bo‘ldi. Nima ham derdik, ishlashda davom etish kerak, boshqa yo‘l yo‘q. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozona olmaymiz. Mavsum uzoq davom etadi, xatolardan kerakli xulosa chiqaramiz. Ishonchim komilki, murabbiylar shtabi hammasini tahlil qiladi.
- Mag‘lubiyatga qaramay, «Barselona» o‘sishda davom etmoqda. Mavsum avvalidagi kutilmalaringiz o‘zini oqlayaptimi?
- «Barselona»dek klubda umidlar doimo yuqori bo‘ladi. Mavsum oldidan nima qilishni istayotganimizni, murabbiy futbolchilardan nimani xohlayotgani, qanday maqsadlar ustida ishlayotganimizni bilardik. Jamoa juda muhim o‘yinlarni o‘tkazdi va ularda uch, to‘rt hattoki, beshta gol urgan paytlarimiz bo‘ldi. Lekin, barchamiz juda kamtar bo‘lishimiz va ishlashimiz kerak. Chunki, klub oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishgunimizcha hali uzoq yo‘l bor. Ha, hozir xursandmiz lekin shuni yodda tutish kerakki, hali hech narsaga erishganimiz yo‘q.
- «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yindagi bahsli epizodni qanday baholaysiz? Aftidan, Levandovskining butsasi aslidan ko‘ra uzunroq qilib ko‘rsatilgan...
- O‘ylaymanki, futbolga VAR tizimi kirib kelgani bilan hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar to‘la-to‘kis bartaraf etgani yo‘q. Ba’zi ko‘rsatgichlar yaxshilandi, lekin boshqalarida baribir hal qiluvchi qaror ma’lum bir shaxsning xulosasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Natijada, hali ham bahsli qarorlar soni kamayayotgani yo‘q. Masalan, Anoetadagi o‘yindagi qaror ham noto‘g‘ri edi. Men tushunmayapman: agar bu yarim avtomatik tizim bo‘lsa va to‘liq avtomatik bo‘lmasa, unda kimdir vaziyatga o‘z xulosasidan kelib chiqib baho berishiga to‘g‘ri keladiku. Ochig‘i, bu mavzuni aylantirib, «Sosyedad»dan uchralgan mag‘lubiyat uchun bahona sifatida foydalanmoqchi emasmiz. Lekin bizda aniq savol bor. VAR hakamlari bu tizimga qanday ta’sir ko‘rsatishini biroz tushunmayapmiz. Bizga shuni tushuntirib berishsa yaxshi bo‘lardi.
- «Barselona» bu masalada tushuntirish talab qiladimi?
- Bu o‘yinda sodir bo‘lgan voqealarni to‘g‘irlamaydi baribir. Agar Levandovskining goli inobatga olinganida nima bo‘lardi, bilmaymiz. Balki biz 0:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lardik yoki «Sosyedad» 2:1 hisobida muvafaqqiyatga erishgan bo‘lardi yoki durang bo‘lishi mumkin edi. Biz bu mavzuga chuqur to‘xtalmoqchi emasmiz. Men «Barselona»ning sport direktori sifatida emas, balki muxlis sifatida gapiryapman nima uchun bunday qarorlar qabul qilinganini, agar bu yarim avtomatik tizim bo‘lsa, o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yish xavfi borligini yaxshiroq tushunmoqchiman.
- Levandovski jarohati sabab terma jamoaga chaqirilmadi. Xavotirlanadigan hech narsa yo‘qmi?
- Yo‘q, hech narsa. Men uchun futbolda terma jamoalar muammo emas - muammo taqvimda va bu nafaqat bizni, balki boshqa jamoalarni ham tashvishga soladigan murakkab holat. Robertning ahvoli yaxshi, u o‘z terma jamoasida ham, «Barselona»da ham yuz foiz kuch bilan mehnat qilishga tayyor bo‘lishi muhim.
- Arauxo ham shartnomani uzaytirmoqchimi? Axir unga «Bavariya»dan taklif bo‘layotgandiku?
- Albatta. Men har doim aytaman, futbolchilar «Barsa»da bo‘lishni xohlashadi. Yevropada hamma hurmat qiladigan «Barselona» qaytib kelmoqda. Ronald kelgusi bir necha yil «Barselona» erishadigan yutuqlarning bir qismi bo‘lishni xohlaydi. Agar o‘zim ham o‘yinchilarning o‘rnida bo‘lganimda, xuddi shu yo‘lni tanlagan bo‘lardim. Menimcha, Ronald jamoada qolishni xohlaydi. Biz bu borada ishlayapmiz va barchasi oydinlashgach, tafsilotlarni e’lon qilamiz.
- Frenki de Yongning shartnomasi ham 2026 yilda tugaydi...
- O‘ylaymanki, qilinishi kerak bo‘lgan hamma narsa o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Futbolchilarning qolish istagidan tashqari, qarorlarni klubning o‘zi qabul qiladi. Ammo, hozir ikki yil qolgan shartnomani yangilash haqida qayg‘uradigan vaqt emas, biz birinchi navbatda hozir nimalar qilishimiz kerakligiga e’tibor qaratishimiz kerak.
- Yamalning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot bera olasizmi? Uning amaldagi shartnomasida tovon puli bir milliard yevroni tashkil etadi, ammo «PSJ» baribir uni sotib olmoqchi.
- Lamin kabi o‘yinchilar boshqa klublarni qiziqtirishi normal holat. Biz bozor nima ekanligini va unda klublar o‘zini qanday tutishini bilamiz. Lamin yoshiga nisbatan yetuk futbolchi. Uning bu yerda ekanligidan xursandligini nafaqat tasavvur qila olaman, balki ko‘raman ham. Yamal «Barselona»da ajoyib karyerasini qurmoqda. Uni boshqa jamoaga o‘tib ketadi deb o‘ylamayman, lekin bu bizga bog‘liq.
- Laminni Messi bilan solishtirish, sizningcha, yaxshimi yoki yomon?
Har kimning o‘z hikoyasi bor. Buni taqqoslab bo‘lmaydi. Odamlar kimnidir gapirishlari, taqqoslashlari, eslashlari odatiy holdir. Har doim shunday bo‘lgan va o‘zgarmaydi. Lekin Lamin o‘ziga xos futbolchi, bu uning hayoti, uning o‘z hikoyasi bor va Messi bilan yagona o‘xshash jihati har xil yillarda bo‘lsada bitta klubda o‘ynagani hamda, ikkalasi ham asosiy tarkibga juda erta tushishganidir. Menimcha, Leo bilan solishtirishlari Yamal uchun muammo emas, balki g‘urur manbai. Bu yaxshi yoki yomonligini bilmayman, bu Laminga bog‘liq. U o‘sib bormoqda va bu borada muammo ko‘rmayapman.
- Tafsilotlarga to‘xtalmasdan ayta olasizmi, «Barselona»ning istiqbolli futbolchilari uchun qanchalik ko‘p takliflar olgansiz?
- Men har doim jamoani qayta qurish bosqichida ekanligini aytib kelganman. Yangi transferlardan tashqari bu yerda bir necha yillardan buyon o‘ynab kelayotgan, Gavi, Pedri va Arauxo kabi hali yosh, lekin o‘zini jamoaning asosiy o‘yinchisi sifatida ko‘rsatib ulgurganlar bor. Kunde, Rafinya, Ferran, Levandovski singari tajribali futbolchilar bilan esa jamoani qayta qurish maqsadida shartnoma imzolangan. «Barselona» yetuk jamoa bo‘lishi kerak. Agarda jamoa yangi o‘yinchilarni olib kelishi kerak bo‘lsa, ular o‘z darajasini oshira oladiganlar bo‘lishi shart. Biz bu yil yozda Dani Olmo va Pau Viktor transferida aynan shu yondashuvni qo‘llashga harakat qildik. Bundan buyon kuchsizlanishni emas, yaxshilanishni xohlaymiz. Shuning uchun o‘zimiz uchun kerakli futbolchilarni qo‘ldan chiqara olmaymiz. «Barselona» o‘yinchilar uchun bo‘ladigan qiziqishlarni eshitishni istamagani uchun emas, balki ularni sotishdan manfaatdor emasligi uchun tinglamaydi. Shu bois biz hech qachon muhim o‘yinchilarni sotishni o‘ylamaganmiz. Biz jamoani qayta qurayotganimizni, uni g‘alabali yo‘llarga qaytarayotganimizni hisobga olsak, muhim o‘yinchilarni yo‘qotmoqchi emasmiz.
XURSHIDBEK tayyorladi