«Inter» yulduzi «MYU»ga rad javobini berdi
«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishdan bosh tortdi.
«Tuttosport» xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» italiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan, biroq futbolchining o‘zi ham, «Inter» ham mankunianliklar bilan muzokaralar olib bormoqchi emas. Shu sababli «Manchester Yunayted» boshqa futbolchi bilan muzokaraga o‘tishga majbur bo‘ladi, biroq Federiko ularning ro‘yxatida birinchilardan edi. Qayd etilishicha, «Arsenal» italiyalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq ularga ham rad javobi berilgan.
27 yoshli Dimarko «Inter» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u uchun joriy mavsumda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.