Kompani Myullerning "Bavariya"dagi kelajagi haqida gaplashishdan bosh tortdi
Vensan Kompani hujumchi Tomas Myullerning klubdagi kelajagi haqida savol oldi. 35 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. Seshanba kuni forvard Chempionlar ligasi o‘yinida (5:1) "Shaxtyor" darvozasini ishg‘ol qildi.
“Myullerning kelajagi? Keling, o‘yin haqida gapiraylik. Gol bilan bo‘lgan epizodda u o‘zida doim bo‘lgan fazilatni kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish qobiliyatini ko‘rsatdi. Tajriba va yoshlik uyg‘unligi biz uchun muhim. Tomas maydonda va uning tashqarisida juda muhim rolga ega, ammo men hozir uning kelajagi haqida gapirmayman", dedi Kompani matbuot anjumanida.