Gyundogan "Manchester Siti"da psixologik muammo borligini tan oldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Yuventus"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonch muammosi borligi haqida gapirdi.
"Ishonchmi? Bu muhim. Bizda psixologik muammo borligi aniq. Ba’zida raqiblarimiz eng oddiy narsalar bilan ritmimizni buzishadi. Ular hatto ko‘p ish qilishlari shart emas. Biz qo‘limizdan kelganicha oddiy ishlarni qilishimiz kerak, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarishimiz kerak.
Ishlar noto‘g‘ri ketayotganini bilamiz. Vaziyatni o‘zgartirish uchun kalitni topishimiz kerak. Hozir har bir futbolchi o‘z yo‘limizga qaytishimiz uchun qanday qilib yaxshiroq o‘ynash haqida o‘ylayapti", — dedi Gyundogan.