MenYE: "Lill" bilan faxrlanaman"
"Lill" himoyachisi Tomas Menye Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida "Shturm" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.
“Uch ochko olganimizdan xursandman, ammo "Shturm"ga o‘yinga qaytishga imkon berdik. Biz buni o‘zimizga qiyinlashtirdik. Bu sodir bo‘lmasligi kerak edi. Biroq men jamoamiz va bu yerda erishganimiz bilan faxrlanaman", - deydi Menye.
6 turdan keyin "Lill" 13 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.