"Barselona" va "Real" "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda
"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudga La Liga gigantlari hamon qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" va "Real" inglizning Fransiyadagi muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar beradi TBR Football. "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi uchun transfer kurashi kelasi yozdayoq boshlanishi mumkin. "Marsel" o‘z yulduzi uchun taxminan 55-60 million yevro so‘rashi kutilmoqda.
Meyson Grinvud joriy Liga 1 musobaqasida 13 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.