"Lasio" muxlislari "Ayaks" bilan Yevropa ligasidagi o‘yinga qo‘yilmaydi
“Lasio” muxlislari Yevropa ligasi guruh bosqichining “Ayaks” bilan mehmondagi o‘yiniga qo‘yilmaydi. Bu haqda Amsterdam ma’muriyati saytida ma’lum qilindi.
"Ayaks" - "Lasio" futbol uchrashuvi muxlislar tashrifisiz o‘tkaziladi. Bu qaror Amsterdam xavfsizlik uchburchagi (mer, polisiya boshlig‘i va bosh prokuror) tomonidan qabul qilindi.
Amsterdamda irqchilik va fashizm ko‘rinishlariga joy yo‘q. Bundan tashqari, bu noroziliklarga, jumladan, jamoat tartibining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. Futbol o‘yini shaharda keskinlik davrida bo‘lib o‘tadi. 7 va 8 noyabr kunlari Amsterdamni Tel-Avivdagi “Ayaks” – “Makkabi” o‘yini atrofidagi zo‘ravonlik voqealari larzaga keltirdi. Jamiyat tartibi, xavfsizlik va osoyishtalikni nazorat qilish va saqlash ustuvor vazifadir”, — deyiladi bayonotda.
"Lasio" bu qarordan noroziligini bildirib, Amsterdam rasmiylarining maktub mazmunini "kamsituvchi va haqoratomuz" deb atadi.
“Ayaks” – “Lasio” uchrashuvi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.