"Barselona" himoyachisi borasida bir qarorga keldi
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Kataloniya klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, tomonlar o‘tgan mavsumda muzokaralarni boshlagan, biroq keyin kelishuvga erisha olmagan.
Bunga ishonchsizlik sabab bo‘ldi, chunki "Barselona" Arauxoni jamoani tark etmoqchi deb o‘ylagan, urugvaylik esa kataloniyaliklar uni sotish niyatida deb hisoblagan.
Qayd etilishicha, muzokaralarda hal qiluvchi omil Arauxoga umid qilayotgan “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so‘zi bo‘lgan.