Italiya matbuoti Kvarasxeliyani "Inter"ga qarshi o‘yin uchun maqtadi
10 noyabr, yakshanba kuni “Napoli” A Seriyaning 12-turida “Inter” bilan mehmonda durang o‘ynadi (1:1) va turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Janubliklar yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va neapolliklar gruziyalikning burchak to‘pidan so‘ng gol urishdi.
La Gazzetta dello Sport nashri yarim himoyachiga 6,5 ball Corriere dello Sport va Tuttosport 6,0 balldan baho berdi. OAV Xvichaning Milandagi "San-Siro" stadionidagi o‘yinini shunday izohladi.
"Ikki bo‘limda gruziyalik futbolchi "Inter"ga jiddiy zarar yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq unga biroz omad kulib boqmadi. Har holda, Kvara doimo raqibini o‘zini eslashga majbur qildi", deyiladi xabarlarda.
“Napoli” A Seriyaning navbatdagi o‘yinini 24 noyabr kuni o‘z maydonida “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.