Yamalda Zidanning qobiliyati bor
Lamin Yamalning otasi o‘g‘lining bir nechta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonadi.
17 yoshli "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri 2024 yilgi sovrin uchun ovoz berishda 8-o‘rinni egalladi.
“Men uning yulduz ekanligini, boshqalarga o‘xshamasligini tezda angladim. Bolaligidanoq uning aravachasida to‘p bor edi.
Men unga doim ishonardim, do‘stlarimga u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishini, u haqiqiy olmos ekanligini tinmay gapirardim.
U maydonda ham, maydon tashqarisida ham avvalgidek qolishi, zavqlanishi kerak. Endi u katta odamga aylandi. O‘tgan kuni unga bu haqda aytdim va ko‘z yoshlarimni tiya olmadim.
Uning “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lganiga hayron bo‘lmadim, siz uning nimaga qodirligini atigi 20 foizga ko‘rgansiz.
Men uni qanot hujumchisi emas, balki o‘ninchi raqam deb bilaman. Unda Zinedin Zidan kabi markazda, hujumchi ortida o‘ynash qobiliyati va xarakteri bor", dedi Munir Nasraui.