Bernardu Silva "Manchester Siti"dagi eng yaxshi do‘sti kim ekanligini aytdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadoshlari orasida kimni eng yaqin do‘sti deb bilishini aytdi.
30 yoshli portugaliyalik o‘z vatandoshi Ruben Diashni alohida ta’kidladi.
"Ruben mening jamoadagi eng yaxshi do‘stim, biz juda yaxshi munosabatdamiz. Biz "Benfika"da ham birga o‘ynaganmiz.
Diash - haqiqiy lider. Bu uni eng yaxshi ta’riflaydigan so‘zdir. Ba’zida u juda qattiq ishlaydi, bu uning o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rsatadi", - dedi Silva seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida Lissabonning "Sporting"iga qarshi o‘yin oldidan bergan intervyusida.