Jaka "Liverpul"ni baholadi
"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul" bilan bo‘lajak o‘yindan nimani kutayotgani haqida gapirdi.
Jamoalar seshanba kuni "Enfild"da to‘qnash kelishadi.
"Liverpul" boshqa saviyadagi jamoa, ayniqsa "Enfild"da. Men u yerda o‘ynash qanday ekanligini bilaman. Raqib qanchalik kuchli ekanini tushunib turibmiz, lekin qo‘rqmasligimiz kerak. Albatta, biz "Liverpul"ning kuchli tomonlarini bilamiz, lekin menimcha, har bir jamoaning o‘z zaif tomonlari bor. Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak. Agar kerak bo‘lsa jamoadoshlarim bilan o‘z tajribamni baham ko‘rishga tayyorman", - dedi Leverkuzenga o‘tishdan oldin Londonning "Arsenal" jamoasida o‘ynagan Jaka matbuot anjumanida.