Tchuameni - Vinisiusga: "Ular siz qiladigan narsaga hali tayyor emaslar"
Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni jamoadoshi Vinisius Juniorning "Oltin to‘p" uchun ovoz berishdagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik forvard ikkinchi o‘rinni egalladi.
"Aka, erishgan narsangizni sizdan hech kim tortib ololmaydi. Men hammasini bilaman... Ular siz qila oladigan narsaga hali tayyor emaslar", - deb yozgan yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarida.