Darmian: "Lautaro har doim ko‘proq narsaga intiladi"
"Inter"ning 34 yoshli himoyachisi Matteo Darmian jamoadoshi Lautaro Martinesning 2024 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishdagi yakuniy o‘rni haqida fikr bildirdi.
"Lautaro Martines 2024 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda yettinchi bo‘ldi? U har doim g‘alaba qozonishni maqsad qilgan ajoyib o‘yinchi, u doimo ko‘proq narsaga intiladi. Biz unga klubda barcha imkoniyatlarini namoyon etishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. U ajoyib sardor" - dedi Darmian.