Lautaro: "Messining men haqimda aytgan gaplari katta sharaf"
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines vatandoshi Lionel Messining so‘zlariga munosabat bildirdi. 37 yoshli Leo Lautaro "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytdi.
"Messining shunday fikrda bo‘lishi men uchun katta sharaf. Mukofotga nomzodlar qatoridan joy olganimdan xursandman. Bu mening yaxshi mavsumimning tan olinishi. Men eng yaxshi to‘purarga aylandim va A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildim", - dedi argentinalik to‘purar hujumchi.