Indzagi: "Lautaro - dunyodagi eng kuchli besh futbolchidan biri"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi Argentina terma jamoasi va "neradzurrilar" hujumchisi Lautaro Martines "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanligini aytdi.
"Unda g‘alaba qozonish uchun "Inter" va terma jamoasi bilan qilgan ishini davom ettirishi kerak. Ishonamanki, u dunyoning eng kuchli besh futbolchisidan biri. U bunga loyiq", - dedi Indzagi.
2024 yilda Martines "Inter" bilan Italiya chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritdi va bir vaqtning o‘zida A Seriyada mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogida ham g‘olib chiqdi va u yerda ham to‘purarlik poygasida g‘alaba qozondi.