Anchelotti Karvaxalning YECHL safar o‘yinlariga borishini istamoqda
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa sardori Dani Karvaxal jarohatda bo‘lishiga qaramay jamoa bilan muhim safar o‘yinlariga borishini istamoqda.
Relevo xabariga ko‘ra, barchasi 32 yoshli futbolchining tiklanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. U qachon tayoqsiz yurishni boshlasa, keyin safarlarga chiqishi mumkin.
Avvalroq Karvaxal 1 yildan so‘ng safga qaytishi xabar qilingandi.