Argentina so‘nggi 65 o‘yindan atigi 3 tasida mag‘lub bo‘lgan
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdi. Kolumbiyaliklar o‘z uylarida amaldagi jahon chempionlarini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Bu o‘tgan yilning noyabr oyidan beri "albiselesta" uchun birinchi omadsizlikdir. Argentinaliklar so‘nggi 65 o‘yinda (2019 yilning yozidan beri) faqat uchinchi marta mag‘lub bo‘lishdi. Kolumbiyadan oldin Urugvay va Saudiya Arabistoni termalari Lionel Skaloni shogirdlarini mag‘lub eta olgandi.
Xatoga qaramay, Argentina sakkiz turdan keyin 18 ochko bilan JCH saralash bosqichida peshqadamlik qilmoqda.