Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Azizbek To‘lqinbekov. The Guardian talqiniga ko‘ra dunyoning eng iqtidorli top-60 futbolchilari
Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri jahonning eng umidli iqtidorlari top-60 ligini e’lon qildi. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan o‘zbekistonlik futbolchi ham joy oldi.
Reytingdan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi futbolchisi Azizbek To‘lqinbekov ham o‘rin olgan. The Guardian futbolchilarni tartiblamagan, shunchaki bitta jadvalga joylashtirgan.
17 yoshli Azizbek joriy mavsum Superligada 16 ta o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bahosi 175 ming yevroni tashkil etadi.
Ro‘yxatdan “Barselona” futbolchilari Lamin Yamal, Pau Kubarsi, “Real”dam Joan Martines, shuningdek, Chido Obi Martin, Jeyms Overi (ikkalasi ham “Manchester Yunayted”), Franko Mastantuono (“River Pleyt”), Enso Molebe (“Lion”), Viggo Gebel (“Leypsig”), Mattia Liberali (“Milan”), Rodrigo Mora (“Portu”) va Jonatan Kusi-Asare (“Bavariya”) kabi futbolchilar joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, The Guardian nashrining 2022 yilgi ro‘yxatidan o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinov ham o‘rin olgan edi.