Vinisius "Barsa" futbolchisi tarafini oldi
Vinisius Junior Klasiko paytida irqchilikni qoraladi.
Avvalroq "Barselona"ning "Real" darvozasiga kiritgan uchinchi golidan so‘ng, ba’zi tomoshabinlar Lamin Yamalni “la’nati qora tanli” deb haqoratlagani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Alexandro Balde, Ansu Fati va Rafinya Dias ham muxlislar tomonidan haqoratlangan.
"Kecha “Bernabeu"da irqchilik bilan bog‘liq voqea sodir bo‘lgani juda afsuslanarli. Bu jinoyatchilarga jamiyatimizda joy yo‘q.
Men Lamin, Ansu va Rafinyani to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bilaman, “Madrid” va polisiya aybdorlarni aniqlash va jazolash uchun hamma narsani qiladi!” deb yozdi “Real” futbolchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.