"MYU" o‘z futbolchisini La Liga klubiga ijaraga berishi mumkin
Antoni yaqin orada "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" vingerga qiziqish bildirayotgan bir qator klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Katta ehtimol bilan Antoni klubni ijara asosida tark etadi.
Braziliyalik futbolchiga eng faol qiziqishni "Betis" bildirmoqda.
Antonining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Premyer-ligada klub safida 6ta o‘yin o‘tkazdi.