SSKA 15 million yevro evaziga braziliyalik chap qanot vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Braziliyalik "Botafogo" klubining chap qanot vingeri Mateus Martines Moskvaning SSKA jamoasining transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "hayrbiylar" 21 yoshli futbolchi uchun "Botafogo"ga 15 million yevro taklif qilishgan. Biroq Martinesning o‘zi klubini o‘zgartirish niyatida emas, chunki u yaqinda Braziliya chempioniga kelib qo‘shilgan va klubda doimiy o‘rinni qo‘lga kiritmoqchi.
Martines "Botafogo" safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 18 turdan keyin SSKA RPLda 31 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.