"Chelsi" sanksiyalardan qochish uchun APL bilan muzokara olib bormoqda
"Chelsi" maxfiy to‘lovlar bo‘yicha sanksiyalardan qochish uchun Premyer-liga bilan muzokaralar olib bormoqda.
2023 yilning noyabr oyida "Chelsi" klubning sobiq xo‘jayini Roman Abramovichning ofshor kompaniyalaridan foydalangan holda moliyaviy feyr-pleyni buzgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, "ko‘klar" Villian va Samuyel Et′O transferlari uchun Eden Azar, N′Golo Konte va Sulaymon Kerimovning agentlariga bergan to‘lovlari uchun jarima va Premyer-liga ochkolaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Abramovich "Chelsi"ni 2022 yilning bahorida sotgan edi. Yangi egasi Todd Boeli boshchiligidagi konsorsium bo‘ldi.
"Chelsi" Premyer-liga bilan ishni tovon puli to‘lash yo‘li bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, masalan, ochkolarni olib qo‘ymaslik uchun, deb xabar bermoqda The Times.
Gap shundaki, yangi egalar oldingi boshqaruv davrida sodir etilgan qonunbuzarliklarni aniqladilar va ular haqida xabar berishdi.
Muzokaralar natijalari mart oyi oxirigacha kutilmoqda. London klubi 2023 yilning iyulida UYEFA bilan MFP bo‘yicha 8,6 million funt sterlinglik moliyaviy kelishuvga o‘xshash kelishuvga erishish mumkinligiga ishonchi komil.