APL klubidan ochkolar olib tashlanishi mumkin
"Lester" Angliya premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda yana bir ayblovga uchrashi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Premyer-liga huquqshunoslari klub qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan yoki yo‘qligini aniqlash uchun keyingi ikki hafta davomida ko‘rsatkichlarni baholaydi.
Sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qaror 13-yanvar kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, “Lester” yana bir ayblovdan qutula olishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning mart oyida Premyer-liga "Lester"ni 2022/2023 yilgi mavsumdagi moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblagandi.
Klub dastlab ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya vakolatiga e’tiroz bildirgan, biroq da’vo rad etilgan.
Keyinchalik bu qaror ustidan apellyasiya shikoyati berildi va u qanoatlantirildi. Shu sababli klub moliyaviy qoidalarni buzgani uchun joriy mavsum boshida 24,4 million funt sterling miqdorida jarima tortilgan edi.