«Man Siti»ning taqdiri yaqin oylarda ko‘rib chiqiladi
«Manchester Siti» ishi bo‘yicha eshituvlar yakunlandi.
2023 yil fevral oyida APL «Manchester Siti»ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybladi.
«Daily Mail» xabariga ko‘ra, juma kuni ish bo‘yicha yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uch kishidan iborat komissiya taqdim etilgan dalillarni ko‘rib chiqadi va yaqin oylarda hukm chiqaradi. Avvalroq u fevral oyida e’lon qilinishi xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, har ikki tomondan ham apellyasiya ehtimoli mavjud. Bu esa sud muhokamasi keyingi mavsum oxirigacha cho‘zilishi mumkin.