Kvarasxeliyaning maoshi 6 baravarga oshadi
Hujumkor yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya "Napoli"dan "PSJ"ga o‘tishga yaqin turibdi. «Transfer News Live» nashrining «La Gazzetta dello Sport» nashriga tayanib xabar berishicha, Kvarasxeliyaning maoshi Parij klubida sezilarli darajada oshadi. Agar 23 yoshli gruziyalik hozirda yiliga 1,8 million yevro oladigan bo‘lsa, "PSJ" unga yiliga 11 million yevro to‘laydi. Ma’lum bo‘lishicha, Xvichaning maoshi olti barobardan ko‘proq oshadi.
2024/2025 yilgi mavsumda Kvarasxeliya 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gruziyalik futbolchi 2022 yilning yozidan beri "Napoli" sharafini himoya qilib kelmoqda.