"Liverpul" "Bavariya" yetakchisi bilan shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda
Yozua Kimmix faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
Ingliz klubi germaniyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.
29 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bundesliganing 2024/25 yilgi mavsumida Kimmix 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.