"Bavariya" Myuller bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Tomas Myuller yana bir mavsumni "Bavariya"da o‘tkazishi mumkin.
Myunxen klubi 35 yoshli yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Sky Sport nashri. Shartnoma 2026 yilgacha amal qilishi mumkin.
Asosiy shart shundaki, o‘yinchi maoshni qisqartirishga rozi bo‘lishi kerak. Qayd etilishicha, "Bavariya" Myullerning kelajak rejalariga hali to‘liq ishonch bildirmayapti.
Tomasning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Myuller "Bavariya" futbolchisi va 2007 yildan beri asosiy jamoada o‘ynamoqda.