Anchelotti: "Real" – zaxira o‘rindig‘i har bir murabbiy bo‘lishni orzu qiladigan joy"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zi haqida fikr bildirdi.
"Meni o‘rnimda bo‘lish qiyinmi? Dunyodagi eng go‘zal joy - bu men turgan joy, "Real Madrid" zaxira o‘rindig‘idir. Bu har bir murabbiy kamida bir marta bo‘lishni orzu qiladigan joy", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
65 yoshli italiyalik mutaxassis 2021 yildan buyon "Real"ni boshqarib kelmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “qaymoqranglilar” 19 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ochko jamg‘argan.