Antoni uchun poygada hamon ikki klub bor
"Manchester Yunayted" vingeri Antoni bilan shartnoma imzolashga faqat ikki klub qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Sky Sports» xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchini faqatgina "Betis" va "Olimpiakos" transfer qilmoqchi.
Futbolchi rozi bo‘lsa, klublar ijara bo‘yicha harakat qilib ko‘rishi mumkin.