Deku Arauxoni "Barselona"da qolishga chaqirdi
"Barselona" sport direktori Deku "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Ronald Arauxonni qishki transfer oynasida jamoani tark etmaslikka chaqirmoqda. Futbolchiga 2026 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirish taklif qilingan. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo internet nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arauxo Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishga yaqin turgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Qayd etilishicha, italiyaliklar "Barselona" Ronald uchun talab qilayotgan 50 million yevroni to‘lashga tayyor.
Arauxo kataloniyaliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir nechta takliflarini rad etdi. Joriy mavsumda Arauxo Ispaniya kubogi doirasidagi bitta o‘yinda maydonga tushib, o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 55 million yevroni tashkil qiladi.