London klubi ham Reshford uchun kurashga qo‘shildi
"Tottenxem" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni ijaraga olmoqchi, deya xabar beradi «Daily Mail».
London klubi bu mavsumda Premyer-ligada urilgan gollar soni bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi jamoa bo‘lishiga qaramay, hujumkor imkoniyatlarini kuchaytirish va mavsumni saqlab qolishga intilmoqda.
27 yoshli angliyalik futbolchiga "shporlar"dan tashqari Dortmundning "Borussiya"si va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga "Yuventus" va "Galatasaroy" ham qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq insayder Janluka Di Marsio "Milan" Reshfordni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish taklifi bilan chiqqani haqida yozgandi.
Xabar qilinishicha, milanliklar kecha, 7 yanvar kuni futbolchining agentini muzokaraga taklif qilishgan.