Flikning so‘zlariga qaramasdan, Arauxo "Barselona"ni qishdayoq tark etmoqchi
Ronald Arauxo qishda “Barselona”ni tark etmoqchi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, himoyachi tezroq klubni tark etmoqchi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flikning unga ishonayotgani haqidagi so‘zlari ham urugvayliklarning qarorini o‘zgartirmagan. Qayd etilishicha, Arauxo ketish rejalarini "Barselona" futbolchilari va xodimlariga yetkazgan va ular undan kelajak haqida so‘rashgan.
"Yuventus" Arauxoga qiziqish bildirayotgan edi. "Barselona" urugvaylik futbolchini 70-80 million yevroga sotishga tayyor.