Santu: "Jamoa qilgan ishdan faxrlanaman"
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Liverpul" bilan o‘yin (1:1) natijasi haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘lim juda yuqori sifatli o‘tdi, biz "Liverpul"ga hech narsa yaratishga imkon bermadik, ha, ular to‘p bilan ko‘p ishlashdi, ammo xavfli daqiqalari kam bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgarishini tushundik, ular o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishdi va ko‘plab vaziyatlar yaratishdi.
Albatta, men jamoamning qilgan ishlaridan faxrlanaman. Futbolchilarning fidoyilik darajasi va istagi aql bovar qilmaydigan darajada edi", - deya "Nottingem Forest" murabbiyining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.