APL klublari bugundan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha hisobot topshiradi
Bugun, 14 yanvar kuni Angliya Premyer-ligasi 2021-24 yilgi hisobot davri uchun moliyaviy qoidalarni buzgan barcha klublarga nisbatan intizomiy javobgarlikni joriy etadi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
2021/2022 va 2022/2023 yilgi mavsumlarda qoidani buzgan klublar 2024-yilning so‘ngiga qadar hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak edi.
Premyer-liga ish ochgan barcha klublar 14 kun ichida javob berishlari kerak. Keyin mustaqil komissiya 12 hafta ichida ishni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, klublar mavsumning so‘nggi kuni – 24 maygacha komissiya qarori ustidan shikoyat qilishlari mumkin.
O‘tgan yili "Everton" va "Nottingem Forest" moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangan.